Chexiya Ukraina uchun snaryadlarni Rossiya aktivlaridan tushgan daromaddan sotib oladi

Jahon 15:45 / 21.08.2024 2034

Chexiya Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ bir qismini Rossiya keng ko‘lamli hujumidan himoyalanayotgan Ukrainaga o‘tkaziladigan o‘q-dorilarni sotib olish uchun ishlatadi. Bu haqda 20 avgust, seshanba kuni Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova ma’lum qildi. Bu qarorni Yevropa Ittifoqi qabul qildi, dedi u. 

«Shunday qilib, biz Ukrainaga juda zarur bo‘lgan qo‘shimcha yuz minglab yirik kalibrli o‘q-dorilarni sotib olishimiz mumkin bo‘ladi, bu ittifoqchilarning Chexiyaga ishonchi va bizning snaryadlarni yetkazib berish bo‘yicha tashabbusimiz yana bir dalilidir», dedi Chernoxova.

Uning ta’kidlashicha, qaror nafaqat Ukrainani Rossiyaga tegishli bo‘lgan resurslar bilan qo‘llab-quvvatlaydi, balki Yevropa davlatlarining davlat moliyasini ham saqlab qoladi.

Chexiya tashabbusi 

Fevral oyida Chexiya prezidenti Petr Pavel Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina uchun uchinchi davlatlardan 500 ming 155 mm va 300 ming 122 mm snaryad sotib olishni taklif qilgan edi. O‘q-dorilarning birinchi partiyasi Ukrainaga iyun oyida yetib kelgan. Hozirda Chexiya tashabbusiga 18 davlat qo‘shilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: