Ta’lim yo‘nalishida O‘zbekiston va Britaniya hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan holda, mazkur jabhada Pearson tashkiloti bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Tomonlar Pearson ta’lim dasturlarini O‘zbekistonda keng joriy qilish, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari bitiruvchilari hamda mutaxassislarining Britaniya universitetlari bilan o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikda ishlashlari uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida ham fikr almashdilar.
Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Pearson ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yetakchi kompaniya hisoblanadi. Tashkilot maktablar uchun darsliklar, onlayn o‘quv kurslar, ularda baholash tizimini takomillashtirish, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirishda texnik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.