Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
Tuman va shaharlardagi sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizimni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz
Prezidentning "Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tuman va shaharlardagi sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizimni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Hududlardagi sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash uchun quyidagilar tashkil etiladi:
- tuman va shaharlarda – hokimning birinchi o‘rinbosari rahbarligida, soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalari rahbarlaridan iborat hududiy shtablar;
- iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi.
2024 yil 1 sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ma bo‘limlar tashkil etiladi, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida esa sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Bunda yangi kiritilayotgan shtat birliklari vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan ajratiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
Mavzuga oid

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025