Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi tashkil etiladi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda to‘qimachilik sanoati vakillaridan iborat mamlakat delegatsiya xizmat safari bilan Madridda bo‘ldi.

Foto: "Dunyo" AA
Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ispaniyaning El Corte Inglés, Tendam, Gedepsa va ACIR Southern Europe kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. Bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida ispan tomoni O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati bilan tanishtirildi.
Gedepsa kompaniyasi bosh direktori Alexandro Pastrana bilan kechgan uchrashuvda o‘zbek mahsulotlarini Ispaniya bozoriga eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida Madridda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari namoyish etiladigan savdo uyini tashkil etish, shuningdek, Ispaniya bozorida mamlakatda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Xalqaro maslahatchi Albert Ernandes bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston mahsulotlarini Ispaniya bozorlariga kiritish strategiyalari, logistika va tarqatish masalalari xususida fikr almashildi. "Ispan moda kompaniyalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Ispaniya tenderlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatishga tayyorman", – dedi u.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining El Corte Inglés va Tendam kompaniyalari global xaridlar departamenti vakillari bilan muzokaralari chog‘ida esa o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini har ikki kompaniyaning chakana savdo tarmoqlariga joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
-
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
O‘zbekiston | 13:10
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi

13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

14:14 / 29.11.2024