Isroil armiyasi zaxiradagi askarlarga majburiy safarbarlik e’lon qildi. Bu Isroil armiyasida «jangchilar tanqisligi» bilan izohlanmoqda, deb xabar berdi Anadolu.
«Mudofaa vaziri (Yoav Gallant) jangchilar yetishmasligi tufayli, avval harbiy xizmatdan ozod qilingan va chaqiruv yoshidagi zaxira askarlariga safarbarlik e’lon qildi», deyiladi armiya xabarida.
Qaror muntazam va zaxira qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi holatini baholash maqsadida, shuningdek, harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish rejalari doirasida qabul qilingan.
Armiya tayyorgarlik tugagandan so‘ng, zaxiradagi askarlardan arizalarni qabul qilishni boshlaydi. Harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan shaxslar turli qismlarga taqsimlanadi.