Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obektlari xatlovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston 07:25 / 20.08.2024 3978

“Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

  • rroperty.davaktiv.uz ATga davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan davlat ko‘chmas mulki obektlari to‘g‘risida ma’lumotlar asosida Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan obekt joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazish;
  • bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obektlari (bo‘sh bino) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Inventarizatsiya” mobil ilovasi orqali “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish;
  • xatlov natijasida aniqlangan bo‘sh binolar hisobi “Davlat mulki”ATda shakllantirish;
  • aniqlangan bo‘sh binolardan samarali foydalanish mezonlarini belgilash.

Belgilanishicha:

  • hududlarni rivojlantirish dasturlari va davlat-xususiy sheriklik dasturlariga kiritilmagan uch oydan ortiq turgan bo‘sh binolar balansda saqlovchilar bilan kelishmagan holda ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin, bundan harbiy, maxsus maqsadlardagi hamda davlat siri bilan bog‘liq obektlar mustasno;
  • davlat tashkilotlari hamda davlat ko‘chmas mulki obektlaridan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari ma’muriy binolarda xodimlarni joylashtirish me’yorlariga asosan joylashtiriladi, bundan ijtimoiy soha tashkilotlari mustasno;
  • davlat ko‘chmas mulki obektlarini tekin foydalanishga berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, shartnomaga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, uni bekor qilish faqatgina online-ijara.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ko‘proq yangiliklar: