BMT: Gumanitar xodimlarga nisbatan zo‘ravonlik avjiga chiqdi

Jahon 09:43 / 20.08.2024 1710

Butunjahon tashkilotiga ko‘ra, 2023 yil butun dunyo bo‘ylab gumanitar xodimlar uchun eng halokatli yil bo‘ldi. Biroq, 2024 yil bu borada yanada yomonroq bo‘lishi mumkin. 19 avgust, dushanba kuni Jyenevada BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berishicha, o‘tgan yili 33 davlatda 280 nafar gumanitar xodim o‘ldirilgan. 

Ularning yarmidan ko‘pi G‘azo sektorida hayotdan ko‘z yumgan, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish Yaqin Sharq agentligi ko‘p sonli xodimlari halok bo‘lgan. 2023 va 2024 yillarda o‘ldirilgan gumanitar xodimlar soni ayniqsa yuqori bo‘lgan boshqa mintaqalar Sudan va Janubiy Sudan bo‘ldi. 

2024 yilning 7 avgustiga kelib, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab halok bo‘lgan gumanitar xodimlar soni 172 kishiga yetdi. 

«Hujumlar to‘xtatilishi kerak»

«Bunday statistikani yuritish boshlanganidan beri hech qachon bir yilda halok bo‘lgan gumanitar xodimlar soni bunchalik ko‘p bo‘lmagan», - deya ta’kidlaydi BMT. «Qurolli mojarolarning borishini tartibga soluvchi va ular oqibatlarini cheklashi kerak bo‘lgan umume’tirof etilgan xalqaro qonunlarga qaramay, bu qonunlarning buzilishi to‘xtamayapti, nazoratsiz qolmoqda va tinch aholi, jumladan, gumanitar yordam xodimlari buning uchun dahshatli badal to‘lashda davom etmoqda, - deya ta’kidlaydi tashkilot. - Gumanitar xodimlar va gumanitar obektlarga hujumlar to‘xtatilishi kerak».

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok gumanitar tashkilotlar vakillariga nisbatan zo‘ravonlikni keskin qoraladi. Dunyo bo‘ylab 363 millionga yaqin ayollar, erkaklar va bolalar insonparvarlik yordamiga bog‘liq, bu dunyodagi har 22 kishidan biri degani, deya esladi u. «Ularning ko‘pchiligi uchun gumanitar tashkilotlar xodimlari ko‘pincha oxirgi umid bo‘ladi, - dedi vazir 19 avgust kuni e’lon qilgan bayonotida. - Ular katta xavf ostida qolgan holda boshqalarning hayotini saqlab qolish uchun eng uzoq va xavfli joylarga boradilar».

Ko‘proq yangiliklar: