Xitoy AQSh va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatga aralashishda aybladi

Jahon 14:52 / 19.08.2024 1924

Pekin AQSh va Yaponiyani Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatga aralashishda davom etayotgani uchun qoraladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Chjan Syaogang ma’lum qildi, deya xabar beradi Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi.

«Xitoy davlatlar o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik hech qanday uchinchi tomonni nishonga olmasligi yoki mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka putur yetkazmasligi kerakligi haqidagi pozitsiyaga sodiqdir», dedi rasmiy vakil Vashingtonning Filippinga 500 million dollarlik harbiy yordami va Yaponiyaning yaqinda Filippin bilan o‘tkazgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini sharhlar ekan.

Uning qayd etishicha, Xitoy Nanxay Chjudao (Janubiy Xitoy dengizi orollari) va unga tutash suvlar ustidan shubhasiz suverenitetga ega. 

«Biz hududiy suverenitetimiz, dengiz huquqlari va manfaatlarimizni himoya qilish uchun hujumlar va provokatsiyalarga qarshi qonuniy javob choralarini qat’iy ko‘ramiz», dedi Xitoy mudofaa rasmiysi. 

Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi hududiy nizolar

Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqbo‘yi mamlakatlari Ikkinchi jahon urushidan keyin mustaqillikka erishganidan beri hududiy bahslar mavzusi bo‘lib qolmoqda.

Birinchi marta 1947 yilda chop etilgan xaritaga ko‘ra, Xitoy Janubiy Xitoy dengizining 80 foizdan ortig‘i suverenitetiga da’vo qiladi. Filippin, Viyetnam, Bruney va Malayziya kabi qirg‘oqbo‘yi qo‘shni davlatlar ham mintaqadagi huquqlarga da’vo qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: