Toshkent xalqaro universiteti innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mamlakatimiz va dunyoning yetakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 noyabrdagi 900-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan №304988-sonli litsenziya taqdim etilgan.
Toshkent xalqaro universiteti o‘z talabalariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi o‘quv dasturlar asosida ta’lim berib, ularni nafaqat mamalakatimiz, balki jahon mehnat bozorining turli jabhalari talablariga javob beradigan raqobatbardosh va malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, universitet jahonning ko‘plab nufuzli universitetlari, shu jumladan AQSh, Yevropa, Turkiya, Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalarga ikki diplomga ega bo‘lish bo‘yicha, talabalar almashinuv va 1+3, 2+2, 3+1 dasturlarida ta’lim olish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratish maqsadida Toshkent xalqaro universiteti dunyoning kuchli 500 taligidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Universitetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari mavjud:
- Iqtisodiyot (o‘zbek, rus)
- Bank ishi
- Marketing
- Menejment
- Buxgalteriya hisobi
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Yurisprudensiya (o‘zbek, rus)
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (o‘zbek, rus)
- Maktabgacha ta’lim
- Boshlang‘ich ta’lim
- Psixologiya (o‘zbek, rus)
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o‘zbek, rus)
- Filiologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
- Axborot tizimlari va texnologiyalari
- Kiberxavfsizlik injiniringi (o‘zbek, rus)
- Kompyuter injiniringi
- Dasturiy injiniring
- Iqtisodiyot (magistratura)
- Moliya (magistratura)
- Yurisprudensiya (ikkinchi oliy ta’lim)
- Iqtisodiyot (ikkinchi oliy ta’lim)
- Psixologiya (ikkinchi oliy ta’lim)
Universitet kunduzgi, masofaviy, sirtqi ta’lim shakllari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi. Hozirgi kunda, Toshkent xalqaro universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. Quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!
— Kunduzgi ta’lim shakli - qabul.tiu.uz
— Masofaviy ta’lim shakli - qabul.tiu.uz
— Sirtqi ta’lim shakli - qabul.tiu.uz
— Magistratura - magistr.tiu.uz
— Ikkinchi mutaxassislik - ikkinchitalim.tiu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (transfer) - transfer.tiu.uz
Toshkent xalqaro universiteti bilan birga quyidagi afzalliklarga ega bo‘ling:
100% gacha grant yutib oling! Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va erishilgan ilmiy yutuqlarga asosan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalariga hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalarining 1-3-o‘rin g‘oliblariga to‘lov-kontrakt shartnomasidan 100 foizgacha chegirmalar berishni nazarda tutadi.
Ta’lim yo‘nalishingizni ikkinchi bosqichdan tanlang! 1-bosqichda talabalarga o‘qishga qabul qilingan ta’lim va bilim sohalari bo‘yicha umumiy bilim va ko‘nikmalar beriladi, ikkinchi bosqichdan boshlab esa ularga o‘zlari qiziqqan kasblari bo‘yicha fanlarni mustaqil tanlash va kasbiy mahoratlarni oshirishga qaratilgan bilimlar beriladi. Bunda ushbu jarayonlar biror bir ma’muriy to‘siqlarsiz, to‘lovlarsiz, ochiq va shaffof amalga oshiriladi. Ta’limning yuqori bosqichida talabalar yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda malaka amaliyotlariga yuboriladi.
To‘rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiriting! Universitetdagi mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga 2 ta mutaxassislik olish imkoniyatini yaratadi. Talaba asosiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishi bilan birga qo‘shimcha ravishda ikkinchi qiziqqan kasbning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham fan (modul)larni o‘qishi va muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi natijasida ikkita kavalifikatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quv jarayonlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (4 yil)ga ajratilgan jami 240 akademik kredit hajmida amalga oshiriladi.
Nufuzli chet el universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati! Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, akademik mobillik dasturlari (talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi) hamda qo‘shma ta’lim dasturlari (1+3, 2+2, 3+1) asosida amalga oshirish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, “Magistratura 1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ham magistratura talabalariga Janubiy Koreya Respublikasi Sejong universitetining “Bigdata AI MBA”, “AI Finance MBA”, “Global Business MBA” kabi magistratura mutaxassisliklarida 50% grant asosida ta’lim olish va ikkita diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
1,5 yilda magistr diplomini qo‘lga kiriting! Mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari magistratura talabalariga 1,5 yilda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha magistr darajasini olish imkoniyatini yaratadi. Bunda talabalar tahsil olish bilan bir vaqtda yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda o‘z malakaviy amaliyot va tadqiqot ishlarini olib boradi.
Zamonaviy muhitda zamonaviy bilim oling! Toshkent xalqaro universitetida o‘quv mashg‘ulotlari yuqori malakali proffesor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik va zamonaviy (innovatsion) axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim metodlari asosida tashkil etiladi. O‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bevosita integratsiya qilingan HEMIS axborot tizimi asosida va kredit-modul tizimi orqali amalga oshirilib, universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Universitet faoliyati va qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringizga quyidagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Rasmiy web-sayt: https://tiu.uz/
Axborot-maslahat markazi (call-center 24/7): +998 95 131 5555, +998 95 383 5555
Telegram: t.me/tiu_edu
Instagram: @tiuofficial
Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi 7-uy.
Tanlovda adashmang!
Toshkent xalqaro universiteti – bilim va imkoniyatlar birlashgan maskan!
Reklama