Toshkent va Samarqand o‘rtasida “Afrosiyob” qatnovini ko‘paytirish imkoni yo‘qmi?

O‘zbekiston 21:29 / 19.08.2024 6559

Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali o‘tkazilishi va mustaqillik bayrami munosabati bilan 25 avgustdan 3 sentabrgacha Samarqand–Toshkent–Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Kun.uz bu yo‘nalishga talab yuqori ekani, chiptalar qolmasligi muammosi doimiy aktual ekanidan kelib chiqib, bir necha kunga qo‘yilgan qo‘shimcha reyslarni doimiy reyslarga aylantirish imkoniyati bor-yo‘qligi bilan qiziqdi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi bu infratuzilma xarajatlari tufayli imkonsiz ekanini ma’lum qildi.

Har kuni mazkur poyezdlar 6 tasi harakatni amalga oshirishi natijasida ularni ta’mirlash, tozalash ishlariga navbat bilan kiradi.

Eng asosiysi, infratuzilma harajatlaridan tashqari, yuk tashuvchi poyezdlar harakatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi”, – deyiladi rasmiy izohda.

O‘TY vakiliga ko‘ra, yo‘lovchi tashish faoliyatidan kelgan daromad xarajatlarni qoplamaydi, kompaniyaning daromadi yuk tashuvlari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar uchun alohida yangi temiryo‘l qurish reja qilingan. Bu haqda o‘tgan yili “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov Samarqanddagi iqtisodiy forumda aytib o‘tgandi.

Hozir bizda bitta magistral bor – qaysidir uchastkada ikkita, lekin asosan bitta – va biz bugun bu magistraldan ham yuqori tezlikdagi, ham tezyurar, ham oddiy transportlarda yo‘lovchi tashish maqsadida, va ham yuk tashuvlari uchun foydalanamiz, shuning uchun hozirda infratuzilma shunchaki yetishmaydi”, – degandi Rahmetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Samarqand o‘rtasida yangi temiryo‘l magistrali qurilishi masalasida Jahon banki, boshqa xalqaro moliya institutlari va manfaatdor investorlar bilan muhokama qilinmoqda. Keyingi bosqichlarda yo‘lni Samarqanddan keyin yana uzaytirish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: