Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘ladi

O‘zbekiston 09:05 / 19.08.2024 1287

Hindistonning yetakchi nashrlaridan biri – The New Indian Express gazetasida joriy yil kuzda O‘zbekistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tishi haqida maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

"O‘zbekiston 27 oktyabr kuni parlament saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari a’zolarining vakolat muddati shu yil tugaydi. Mamlakatda so‘nggi parlament saylovi 2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan edi", - deb yozgan gazeta sharhlovchisi Yeshi Seli.

Hind jurnalisti bo‘lajak parlament saylovining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritar ekan: "Bu galgi saylov majoritar va proporsional tizimni birlashtirgan aralash saylov tizimida o‘tkaziladi. Xususan, saylovchilar nomzodlarning 75 nafariga bevosita majoritar tizim asosida ovoz beradi", deb ta’kidlagan.

Nashr, shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi qat’iy belgilanganiga alohida e’tibor qaratgan.

Ko‘proq yangiliklar: