Rossiya Ukrainaga Kursk AESga zarba berilgan taqdirda qattiq choralar bilan tahdid qildi

Jahon 14:27 / 19.08.2024 6380

Agar Ukraina tomoni qit’aning Yevropa qismida radioaktiv ifloslanish bilan texnogen falokat yaratish rejalarini amalga oshirsa, Rossiya qattiq javob qaytaruvchi harbiy va harbiy-texnik choralarni ko‘radi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya idorasi «Kiyev rejimining Kursk atom elektr stansiyasiga hujumga tayyorgarligi haqidagi mustaqil kanallar orqali kelayotgan ma’lumotlarni jiddiy» baholadi.

«Ushbu provokatsiyadan maqsad Rossiya Federatsiyasini Ukraina atom energetika obektlariga zarba berish uchun asos yaratishda stansiyani «o‘zi o‘qqa tutganlikda» ayblashdir», deb ta’kidlaydi Rossiya Mudofaa vazirligi.

«Biz Kiyev rejimining G‘arb homiylari ko‘magidagi bunday harakatlarini BMT Bosh assambleyasi 2005 yil 13 apreldagi «Yadro terrorizmiga qarshi kurash to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasida qabul qilingan xalqaro konvensiya to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq-oydin buzilishi deb bilamiz. Agar Kiyev rejimi qit’aning Yevropa qismida texnogen falokat yaratishga qaratilgan jinoiy rejalarini amalga oshirishni boshlasa, unga javoban zudlik bilan qattiq harbiy va harbiy-texnik choralar ko‘riladi», — deyiladi bayonotda. 

Ko‘proq yangiliklar: