Ukrainaning Rossiya yadroviy inshootlaridagi provokatsiyalari Yevropada keng ko‘lamli texnogen falokatga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
«Ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev rejimi Kursk atom elektr stansiyasiga hujumga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Biz xalqaro tashkilotlarni, xususan, BMT va AEXAni Kiyev rejimi tomonidan tayyorlanayotgan provokatsion harakatlarini zudlik bilan qoralashga va Kursk AES yadroviy xavfsizligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz. Bu Yevropada falokatga olib keladi», dedi Zaxarova Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotda.
Zaxarova ta’kidlashicha, «Kiyevning bunday harakatlari nafaqat atom stansiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi, balki agentlik rahbari Rafael Grossi tomonidan 2022 yilda ishlab chiqilgan yadro xavfsizligi bo‘yicha AEXA postulatlariga putur yetkazadi».
«Butun xalqaro hamjamiyat Kiyevdagi neonatsistlar rejimi Yevropa qit’asi uchun xavf tug‘dirayotganini tushunishi kerak. Butun mintaqalarni va butun xalqaro hamjamiyatni qo‘rqitish, vahimaga solishga urinishlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qat’iy to‘xtatilishi kerak», — dedi u.