Germaniyadan boshpana olgan afg‘onlar o‘z yurtiga turist sifatida borib-kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Jahon 23:22 / 19.08.2024 4562

Germaniyada yashovchi minglab afg‘onistonlik qochqinlar o‘z yurtiga turist sifatida borishga majbur bo‘lmoqda, deb xabar beradi RTL.

Ma’lum qilinishicha, Germaniyadan boshpana so‘ragan minglab afg‘onlar turlar yordamida Afg‘onistonga borib kelmoqda. «Jurnalistlar Hamburgda Hindikushga safarlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanib kelgan tur agentlikni aniqladi. Minglab afg‘onlar ijtimoiy tarmoqlarga u yerdan suratlarni joylamoqda», — deyiladi xabarda.

Bild’ning izohlashicha, «qochqinlar» Afg‘onistonga Turkiya yoki Eron orqali ikki tomonlama viza bilan uchadi. Natijada, o‘z vatanida ularning pasportiga shtamp qo‘yishmaydi, shu sababdan Germaniya hukumati bundan xabar topa olmaydi.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer afg‘onlarning bu kabi safariga mas’ul emasligini aytib, «bu mahalliy immigratsiya rasmiylarining muammosi» ekanini ta’kidladi. Politsiyachilar kasaba uyushmasi rahbari Xayko Teggatsning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlari barcha harakatlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega emas. Germaniya hukumatining migratsiya bo‘yicha vakili Yoaxim Shtampning qayd etishicha, mamlakat «dunyoga ochiq» qolishi kerak, shu bilan birga «ahmoq kabi ko‘rinmasligi lozim».

Bild nashri suhbatlashgan yuristlarning ta’kidlashicha, qonun boshpana olgan fuqarolarning vataniga qaytishini taqiqlamaydi.

Hozirda Germaniyada 400 mingga yaqin Afg‘oniston fuqarosi yashaydi. «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganida, bundan uch yil oldin ularning aksariyati hayoti xavf ostida ekanini aytib, Germaniyadan boshpana so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: