Bangladeshda Ozodlik uchun urush faxriylari oilalari uchun davlat ish o‘rinlari ajratilishiga qarshi namoyishlar tufayli 17 iyul kuni noma’lum muddatga yopilgan ta’lim muassasalari bir oylik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi.
Dhaka Tribune xabariga ko‘ra, Bangladesh ta’lim vazirligi mamlakat bo‘ylab maktablarning holati haqida buyruq chiqargan.
Vazirlik o‘quvchilar xavfsizligi uchun 17 iyul kuni noma’lum muddatga yopilgan ta’lim muassasalarini qayta ochishni buyurdi.
Bugundan boshlab maktablar ish boshladi. Norozilik tufayli qoldirilgan imtihonlar 11 sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.