2024 yil yakunigacha dual ta’lim shaklidagi qamrov 50 mingga yetkaziladi

O‘zbekiston 15:50 / 19.08.2024 2043

Misrning "Sada al-Balad" axborot agentligi O‘zbekistondagi dual ta’lim shakliga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Maqolada qayd etilishicha, dual ta’lim – ta’lim yo‘lidagi sifatli islohot hisoblanadi. O‘zbekistonda bu borada qonunchilikni mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunda dual ta’lim tizimi o‘z ifodasini topgan.

Bu orqali O‘zbekiston mehnat bozoridagi real ehtiyojlar, korxona va tashkilotlar, iqtisodiyot tarmoqlaridagi aniq ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan ta’limni uyg‘unlashgan holda tashkil etish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yangi mexanizmlari joriy qilina boshlandi.

"O‘zbekistonda dual ta’lim shaklini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida joriy yil yakuniga qadar dual ta’lim shaklida qamrov 50 ming nafarga yetkaziladi. Bundan tashqari, Germaniya, Shveytsariya va Britaniya tajribasi asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi", – deya ta’kidlagan "Sada al-Balad" axborot agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: