Samarqandda Janubiy kon boshqarmasi mutasaddisi fuqarolarni ishga kiritish uchun 5 ming dollar olganda ushlandi

Jamiyat 16:54 / 18.08.2024 5723

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli Janubiy kon boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘shrabot tumanida yashovchi 2 kishini ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs 2023 yilning sentabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, Qo‘shrabot tumanida yashovchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming dollar olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: