Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Eron Isroilga zarba berishni kechiktiradi
Tehrondagilar G‘azo bo‘yicha muzokaralarni barbod qilmaslik uchun shunday qarorga kelgan.

Foto: Reuters
Eron hozircha Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniya o‘ldirilishiga javoban Isroil bo‘ylab zarba yo‘llamaydi, deb yozmoqda The New York Times shaxsi sir saqlangan amerikalik mulozimlarga tayanib.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron vositachilarga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun vaqt qoldirish maqsadida zarba berishni ortga surmoqda.
Isroil razvedkasi aniqlashicha, Eron va uning Livandagi ittifoqchisi «Hizbulloh» o‘z raketa qo‘shinlari tayyorgarlik darajasini pasaytirgan. NYT suhbatdoshlari esa vaziyatga baholar tez-tez o‘zgarib turganini qayd etishgan.
G‘azo bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi 16 va 17 avgust kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi. Unda Qatar, AQSh, Isroil va Misrdan vakillar ishtirok etdi. NYT nashri yozishicha, Qatar bosh vaziri Muhammad As-Soniy muzokaralarning birinchi kuni yakunida Eronga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni keskinlashtirishdan tiyilishni so‘ragan. Nashr tomonlar aynan nimaga kelishganiga aniqlik kiritmagan.
Ismoil Haniya 31 iyulga o‘tar kechasi Tehronda o‘ldirilgandi. Isroil bu hodisa uchun rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Eron oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy bu hodisadan bir necha soat o‘tib Haniyaning o‘limiga javoban Isroil bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishga buyruq bergani xabar qilingan (bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan). Avgust oyi boshida Isroildagilar Eron Vengriya orqali hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan ogohlantirilgan.
Isroil Eron tahdididan keyin qo‘shinlarini yuqori shaylik holatiga keltirgan, shuningdek, xorijdagi barcha harbiylarga vatanga qaytish buyurilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

11:15 / 30.07.2025
Isroil G‘azo sektorini to‘liq anneksiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

22:46 / 29.07.2025