Sharqiy Germaniyadagi muzeydan qiymati millionlab yevro turuvchi qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganidan qariyb besh yil o‘tib, eksponatlar yana tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havo etiladi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilishicha, 2019 yilning noyabrida Drezdendagi «Yashil gumbaz» muzeyidan 4,3 mingdan ortiq brilliant toshlariga ega, qiymati 124 million dollarni tashkil etuvchi eksponatlar o‘g‘irlab ketilgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, Yevropadagi eng noyob san’at asarlari saqlanadigan muzeydan o‘g‘irlangan qimmatbaho taqinchoqlari yana o‘z joyiga qaytarilgan. Ular orasida Drezden oq brillanti nomi bilan mashhur qimmatbaho tosh o‘rnatilgan epolet (ba’zi chet el armiyalar ofitserlarning hashamatli zar pogonlari) ham bor.
Joriy haftadan boshlab zargarlik buyumlari oldingi joyida namoyishga qo‘yilgan, faqat ular holatiga 2022 yil dekabrda topilgandan beri o‘zgartirish kiritilmagan, chunki sud jarayonlari hamon davom etmoqda.
«Shunday narsalar borki, ularni faqat haqiqiy ekspertlar ko‘ra oladi. Qurollanmagan ko‘z bilan yetkazilgan zararni biz payqay olmaymiz», — deydi Drezden davlat muzeyi bosh direktori Marion Akermann.
2023 yilning mayida bir oilaning a’zosi bo‘lgan besh nafar erkak qimmatbaho taqinchoqlarning o‘g‘irlagani uchun ozodlikdan mahrum etilgandi. Saksoniya bosh vaziri Maykl Krechmerning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘g‘irlik muzeylar xavfsizligi uchun achchiq dars bo‘lgan.
Drezdendan o‘g‘irlangan kolleksiya XVIII asrda kurfyurst (imperator saylash huquqiga ega davlatmand shaxs), keyinchalik Polsha qiroli bo‘lgan Avgust II tomonidan Fransiya qiroli Lyudovik XIV ga raqobatchilik maqsadida to‘plangan.
Xazina Ikkinchi jahon urushi davrida ittifoqchilar hujumidan omon qolgan, biroq urushda qo‘lga kiritilgan sovrin sifatida Sovet Ittifoqiga olib ketilgan. 1958 yilda esa qimmatbaho buyumlari yana Drezdenga qaytarilgan.