Zelenskiy G‘arbdan uzoq masofalarga zarba beruvchi qurollarni so‘radi

Jahon 22:39 / 17.08.2024 4508

Rossiya armiyasi hujumlarining aksariyati Donetsk viloyatida sodir bo‘lmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z murojaatida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 soat ichida u Oliy bosh qo‘mondon Oleksandr Sirskiyning bir nechta hisobotlarini eshitgan.

«Birlamchi e’tibor doimo front yo‘nalishlariga qaratiladi. Birinchi navbatda, Donetsk viloyatiga. Rossiya hujumlarining aksariyati o‘sha yerda sodir bo‘lmoqda… Biz askarlarimizni zarur qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, qo‘shimcha kuchlarni yuborish uchun hamma narsani qilamiz», dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Rossiya pozitsiyalarini zaiflashtirishga halal beradigan to‘siqlarni olib tashlashi muhimligini ta’kidladi. U g‘arb hamkorlariga murojaat qilib, uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarni yetkazishni so‘radi.

«Uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatimiz - bu urushning eng muhim, eng strategik masalalariga javob bo‘lar edi. Sheriklarimiz tomonidan ta’minotning susayishini jangovar brigadalarimiz jasorati bilan qoplayapmiz. Agar uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatimiz yetarli bo‘lsa, bosqinchini oldinga siljish, vayronalar qoldirish imkoniyatidan mahrum qilar edik», dedi Zelenskiy.

Ko‘proq yangiliklar: