Yarmish va Pevchix Rossiyada terrorchi va ekstremistlar qatoriga kiritildi

Jahon 08:03 / 17.08.2024 1143

Rosfinmonitoring tomonidan tuzilgan «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga roppa-rosa olti oy oldin koloniyada vafot etgan Aleksey Navalniyning bir qancha sheriklari va advokatlari kiritildi. Jumladan, 16 avgust, juma kuni reyestrga sirtdan hibsga olingan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi («FBK») rahbari Mariya Pevchix va Aleksey Navalniyning sobiq matbuot kotibi, hozirda uning bevasi Yuliya Navalnaya bilan ishlayotgan Kira Yarmish ham qo‘shildi.

Muxolifatchining sobiq advokatlari Aleksandr Fedulov va Olga Mixaylovaning ham «ekstremistlar va terrorchilar» deb tasniflangan. Ularning ikkalasi ham Rossiyani tark etgan va «ekstremistik jamiyat»da ishtirok etganlikda ayblanib, sirtdan hibsga olingan. Rosfinmonitoring allaqachon Aleksey Navalniyning yana uch advokatini - hibsga olingan Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni 2023 yil noyabr oyida «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga qo‘shgan. 

Rosfinmonitoring ro‘yxatiga «Populyarnaya politika» YouTube-kanali boshlovchisi Dmitriy Nizovsev, «Navalniy LIVE» kanali prodyuseri Nina Voloxonskaya, shuningdek, Navalniyning yashirin shtablarida ishtirok etganlik va «FBK»ga mablag‘ ajratganlikda ayblanib sudlangan Aleksey Malyarevskiy, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi haqida yozgan va «ekstremistik tashkilot» bilan hamkorlikda ayblangan jurnalistlar, hozirda tergov hibsxonasida bo‘lgan Olga Komleva va Antonina Favorskaya kiritildi. «Memorial» ularni siyosiy mahbuslar deb tan olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: