Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ushbu qonunchilik talabiga rioya etmaganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, senatga ko‘ra, qonunda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z bolalarini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqi aniq bayon qilinmoqda. «Mazkur norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasida belgilangan qoidalar asosida kiritilyapti», deyiladi senat axborotida.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va qabul qilingan.
Ushbu qonun loyihasi shu yilning 25 iyun sanasida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi, hujjat keyinroq jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan.
Qonun prezident tomonidan imzolangach, hujjatning o‘zi belgilangan muddatda kuchga kiradi.