OAV: Isroil Eron yaqin vaqt ichida hujum qilishini kutmoqda

Jahon 10:59 / 17.08.2024 6400

Isroil xavfsizlik organlari rasmiylari hukumatni Eron va «Hizbulloh» tomonidan yaqin kelajakda hujum uyushtirilishi mumkinligi haqida xabardor qilgan.

Bu haqda Isroilning «12-kanal»i xabar berdi. 

Telekanal xabariga ko‘ra, bu masala vazirlar mahkamasining kechagi majlisida siyosiy arboblar va xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida muhokama qilingan. 

Ayni paytda, Isroil armiyasi mamlakat shimolida Livanning «Hizbulloh» harakatiga tegishli uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini ma’lum qildi. 

Bayonotga ko‘ra, UUA Beyt-Jin hududida tutib olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: