Natijasidan norozi abituriyentlar uchun apellyatsiya sanalari ma’lum qilindi

O‘zbekiston 12:35 / 17.08.2024 7120

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlanadi. Abituriyentlar 18-27 avgust davomida Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn ariza berishlari mumkin.

Agentlikka ko‘ra, abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Shuningdek, abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024 yil 22 avgustdan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: