Kanada Kiyevga Rossiya hududida zirhli texnikasidan foydalanishga ruxsat berdi

Jahon 09:02 / 17.08.2024 1959

Ukraina Rossiya Federatsiyasi hududida Kanada tomonidan taqdim etilgan tanklar va zirhli transport vositalaridan erkin foydalanishi mumkin. Bu haqda 15 avgust kuni Kanada Milliy mudofaa vazirligiga tayanib, CBC telekanali xabar berdi

«Ukrainaliklar o‘z vatanlarini qanday himoya qilishni yaxshiroq bilishadi va biz ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deya mudofaa idorasi vakilining so‘zlarini keltiradi telekanal. «Kanada Ukrainaga topshirayotgan harbiy texnikadan foydalanishga geografik cheklovlar qo‘ymaydi», - deya qo‘shimcha qildi u. 

Bu bayonot harbiy ekspertlarning Ukraina Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatidagi hujumini yana qancha davom ettirishi mumkinligi haqidagi taxminlari fonida aytildi. 

Leopard 2A4 tanklari va zirhli transport vositalari 

Ottava avvalroq Kiyevga sakkizta Leopard 2A4 tanklari, bir necha o‘nlab zirhli jangovar yordam mashinalari va yuzlab zirhli patrul mashinalari, shuningdek, bir qator M-777 155 mm gaubitsalarini jo‘natgan, deb eslatadi CBC. 

15 avgust kuni CNN tomonidan suratga olingan kadrda Kanadada ishlab chiqarilgan Senator g‘ildirakli harbiy zirhli mashinasi Ukraina-Rossiya chegarasidan o‘tayotganini ko‘rish mumkin. 

Ukraina qurolli kuchlari 6 avgustdan beri Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujumni amalga oshirmoqda. 9 avgust kuni Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi. Kursk gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 12 avgust kuni 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani yoki hududni tark etganini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: