AQSh davlat kotibi mintaqaviy safari doirasida Isroilga tashrif buyuradi

Jahon 10:57 / 17.08.2024 1992

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken mintaqaga safari doirasida 18 avgust kuni Isroilga tashrif buyuradi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, AQSh davlat kotibi Isroilga tashrif buyurishi kutilyapti.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Blinken 18 avgust kuni Isroilga keladi va 19 avgust, dushanba kuni bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan uchrashadi.

Tashrif chog‘ida AQSh davlat kotibi asirlar almashinuvi hamda Isroil va Hamas o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni, shuningdek, Eron bilan ziddiyatlarni muhokama qiladi.

Blinken Netanyahuga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi uchun «ehtimol bosim o‘tkazishi» mumkin. U Isroildan tashqari Qatar va Misrga ham tashrif buyuradi.

Payshanba va juma kunlari Qatar poytaxti Dohada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish hamda Isroil va Hamas o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Bill Berns, Misr razvedka boshqarmasi boshlig‘i Abbos Komil va Mossad direktori David Barnea Doha muzokaralarida ishtirok etgan va uni «ijobiy» deb baholagan.

Ko‘proq yangiliklar: