Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki nafar bola ko‘p qavatli uy xonadonidagi yong‘indan qutqarildi
Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan.

Foto: Videodan kadr
15 avgust kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani 13-mavzedagi 5-ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, soat 13:04 da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:29 da bartaraf etilgan.
Millar ko‘rsatuvida aytilishicha, 5-qavatdagi xonadon egalari uyda 2 nafar yosh bolani yolg‘iz qoldirib, eshikni tashqaridan qulflab ketgan.
«7 yoshli bola oynadan tashqariga chiqib, pastga sakrayman deganda va sakraganda maxsus gilam orqali shu yerdagi aholi uni qutqarib qolgan», — dedi FVB matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonov.
Ichkarida qolgan 5 yoshli bola esa qutqaruvchilar tomonidan olib chiqilib, hayoti saqlab qolingan va tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

16:43
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

15:11
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025