15 avgust kuni taxminan soat 18:10 da Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarboyjonning Naxchivon Muxtor Respublikasi Ordubad tumani Xanza aholi punkti yo‘nalishida joylashgan Ozarboyjon qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarata o‘q uzdi.
Bu haqda Ozarboyjon mudofaa idorasi xabar berdi.
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi ozar armiyasining bo‘linmalari ushbu yo‘nalishda tegishli javob choralarini ko‘rganini ma’lum qildi.