Nigeriyada yil boshidan buyon mpox virusi bilan kasallanishning 39 ta holati aniqlandi

Jahon 13:56 / 16.08.2024 1177

Afrikaning aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan mamlakati Nigeriyada yil boshidan buyon jami 39 ta mpox (maymunchechak) virusi aniqlangan. Bu haqda Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (NCDC) direktori Jide Idris jurnalistlarga ma’lum qildi. 

Idrisning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab virusdan o‘lim holatlari qayd etilmagan. NCDC virusga qarshi kurash choralarini muvofiqlashtirishda davom etmoqda va yuqori xavfli guruhlarni emlashni ko‘rib chiqmoqda, dedi u. «Nigeriya Jynneos vaksinasining 10 000 dozasini olishni kutmoqda», deya qo‘shimcha qildi Idris. 

Nigeriya hukumati kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro sayohatchilar uchun maxsus salomatlik formasini tayyorladi. 

Afrika ittifoqi Afrika mamlakatlarida tez tarqalayotgan mpox virusi tufayli butun qit’a bo‘ylab sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat e’lon qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: