Malayziya vakiliga O‘zbekistonda bunyodkorlik sohasi yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani, jumladan "Yangi Toshkent" va Samarqand shahridagi Shirin shaharchasi kabi mega-loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Kompaniyaning yillar davomida orttirgan tajribasi va salohiyati O‘zbekistonda zamonaviy qurilish sohasiga yangi yo‘nalish va texnologiyalarni olib kirishi mumkinligi qayd etildi.
Uchrashuvda Malayziya tomoniga mamlakat hududlarida mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmualarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi bildirildi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, mamlakatda keng ommalashib borayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlari va davlat-xususiy sherikchilik asosida infratuzilma obektlari qurish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikr almashildi.
"Mamlakatingizda qurilish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabni o‘rganish, ushbu sohaga investitsiya kiritish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun kompaniya mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborishga tayyormiz", – dedi Faysal Arif