Yelena Sinel O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, bir necha yildan buyon Britaniyada istiqomat qilib kelyapti. Britaniyaning axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, tahlillar va tendensiyalarga ixtisoslashgan yetakchi ComputerWeekly.com veb-sayti reytingiga ko‘ra, u Britaniya texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarning top-50 ro‘yxatiga kirgan.
Suhbat davomida Teens in AI bilan istiqbolda O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
"Taklif etayotgan loyihalar va o‘quv kurslari yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Ularni ijtimoiy mas’uliyatni his qilishga va sun’iy intellektni insoniyatga foydali yo‘llar bilan qo‘llashga yo‘naltiradi", dedi Yelena Sinel.
Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar Teens in AI mutaxassislari tomonidan dunyoning 60 dan ziyod mamlakatida 15 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan sun’iy intellekt va texnologiyalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston yoshlarining sun’iy intellekt va texnologiyalar sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.