BMT Taraqqiyot dasturi yangi doimiy vakili O‘zbekistonda vazifalarini bajarishga kirishdi
1996 yildan buyon BMT tizimida ishlab kelayotgan yaponiyalik Akiko Fujii 2019-2023 yillarda BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili lavozimida ishlagan Matilda Dimovskaning o‘rniga tayinlandi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTTDning mamlakatdagi yangi doimiy vakili Akiko Fujiini qabul qildi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujii xonimni Tashqi ishlar vazirligida qutlashdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – BMTTDning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz. Mamlakatimizda barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik. Fujii xonimga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz".
1996 yildan buyon BMT tizimida ishlab kelayotgan yaponiyalik Akiko Fujii 2019-2023 yillarda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili lavozimida ishlagan Matilda Dimovskaning o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

08:23 / 25.02.2025