AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

O‘zbekiston 08:40 / 16.08.2024 1532

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya transmilliy farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasining ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha departament rahbari o‘rinbosari Nitin Kapur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining istiqbollari va AstraZeneca kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Nitin Kapur AstraZeneca kompaniyasi faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi. Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga turish bo‘yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va afzalliklar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Muloqot yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda tashriflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: