Pokiston 126 davlat, jumladan O‘zbekiston uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi

Jahon 17:54 / 15.08.2024 2183

Pokiston hukumati 126 davlat, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun soddalashtirilgan viza siyosatini e’lon qildi. Bu haqda Tribune yozdi.

«Ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun viza to‘lovi bekor qilindi va ariza berish jarayoni ancha soddalashtirildi», dedi Pokiston axborot vaziri Atoullo Taror. Uning so‘zlariga ko‘ra, 90 kunlik bepul viza olish uchun onlayn ariza to‘ldirish va 30 ta savolga javob berish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, u Fors ko‘rfazi mamlakatlari aholisi faqat pasport bilan kelganida, ya’ni onlayn ariza to‘ldirmasdan viza olishi mumkinligini aytdi.

Turizm haqida gapirar ekan, vazir sayyohlar xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qolayotganini va Ichki ishlar vazirligi optimal sharoitlarni ta’minlash uchun viloyat ma’muriyatlari bilan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.

Vazir o‘z nutqini bu tashabbuslar mamlakatning tabiiy go‘zalligi va madaniy merosini namoyish etish orqali Pokistonning dunyoga eshiklarini ochishiga umid bildirdi.

VisasNews ma’lumotlariga ko‘ra, onlayn ariza topshirgandan so‘ng 24 soat ichida Pokistonga sayohat qilish uchun bepul vizani olishi mumkin bo‘lgan 126 mamlakat ichida O‘zbekiston ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: