Moskvada «bezorilik» qilgan AQSh fuqarosi qo‘lga olindi

Jahon 09:19 / 15.08.2024 2606

Moskvada AQSh fuqarosi rasmiylarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

«Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi Markaziy ma’muriy okrugi bo‘yicha tergov boshqarmasining Meshchanskiy tumanlararo tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat (hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash) asosida ish qo‘zg‘atdi», - deyiladi poytaxt tergov qo‘mitasining Telegram-kanalidagi nashrida. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 12 avgustga o‘tar kechasi AQSh fuqarosi bezorilik qilgani uchun poytaxt politsiya bo‘limiga olib ketilgan. 

Sudlanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan, shundan so‘ng u huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. 

Ayblanuvchi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda, yaqin kunlarda unga nisbatan ayblov e’lon qilinadi. «Tergov Meshchanskiy tuman sudiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilmoqchi», — deya ma’lum qildi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Ko‘proq yangiliklar: