Germaniya Rossiyani harbiy bazalaridagi sabotajga aloqadorlikda gumon qilmoqda - OAV

Jahon 18:38 / 15.08.2024 3769

Germaniya ikkita harbiy bazasidagi ehtimoliy sabotajni tekshirmoqda, u yerda ichimlik suvini ifloslantirishga urinish bo‘lgani. Bu haqda Bloomberg yuqori martabali deputatga tayanib yozdi. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Germaniya Rossiyani qo‘poruvchilikka aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Nashrning aniqlik kiritishicha, qo‘poruvchilik maqsadi Germaniyadagi ikkita harbiy obekt - Kyoln-Vandagi Bundesver aviabazasi va Gelzenkirxendagi NATO aerodromi bo‘lgan. Avvalroq Germaniya Mudofaa vazirligi Kyoln yaqinidagi aviabazaning hududi muhrlangani, u yerda qo‘poruvchilik gumoni bilan tergov olib borilayotganini tasdiqlagan edi.

Bundesver matbuot kotibi Ulrix Fonrobert ma’lum qilishicha, tunda Kyolndagi aviabazaning panjarasida teshik ochilgan va bunga javobgar shaxslar topilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirish tizimi suv sifatining «g‘ayritabiiy o‘zgarishlarini» qayd etgan, bu esa suv ta’minoti tizimi hujumga uchraganligini ko‘rsatadi.

Gelzenkirxendagi NATO vakili Donni Demmers so‘zlariga ko‘ra, 13 avgust kuni gumonlanuvchi aerodromga kirmoqchi bo‘lgan, biroq xavfsizlik xodimlari unga to‘sqinlik qilgan.

«Biz Kyolnda nima bo‘lganini bilganimiz uchun suv havzalarini tekshirdik. Hech bir tajovuzkor ularga kirish imkoniga ega emas edi», dedi Demmers.

Aprel oyida Bavariyada Rossiya va Germaniya fuqaroligiga ega ikki kishi portlovchi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish va Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. Germaniya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular boshqa narsalar qatorida Amerika harbiy bazalarida va nemis qurollarini Ukrainaga olib o‘tish yo‘llarida sabotaj tayyorlagan.

Ko‘proq yangiliklar: