BMT: Afrikada toshqinlar oqibatlari 700 mingdan ortiq odamga zarar yetkazdi

Jahon 09:55 / 15.08.2024 1495

Kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlaridan hozirgacha Markaziy va G‘arbiy Afrikada 700 mingdan ortiq odam jabrlangan.

Bu haqda jahon tashkiloti bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Kuchli yomg‘ir va suv toshqini Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kot-d'Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Liberiya, Niger, Nigeriya, Mali va Togoga zarar yetkazdi, dedi u. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz minglab odamlarga zarar yetkazgan toshqinlardan qattiq xavotirda, dedi Haq. 

«Buncha miqdordagi yog‘ingarchilikning yomg‘irli mavsum dastlabki ikki oyida kuzatilgani tashvishlidir», — dedi tashkilot vakili. 

BMT hamkorlar bilan ishlamoqda hamda kuchli yomg‘ir va toshqinlardan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordamni kuchaytirdi, dedi u. 

Oziq-ovqat, boshpana, suv va sanitariya xizmatlarini taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u. 

BMTning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasi joriy yilda Kongo Demokratik Respublikasi va Niger hukumatlariga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun jami 10 million dollarlik yordam ko‘rsatdi.

Ko‘proq yangiliklar: