Yaponiya bosh vaziri sentabr oyida iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Jahon 19:18 / 14.08.2024 3775

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida keyingi oy o‘tkaziladigan saylovlarda Liberal-demokratik partiyasidan (LDP) ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi.

«Sentyabrda vakolatim tugagunga qadar bosh vazir sifatida qo‘limdan kelganini qilishda davom etaman», — deydi Kisida 14 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kisida ushbu «og‘ir qarorni» mamlakatda «siyosiy islohotlarni oldinga siljitish» istagi sabab qabul qilinganini bildirdi. «Shaffof va ochiq saylovlar, erkin va energiyaga boy debatlar hozir har qachongidan ham muhimroq. LDP o‘zgarishini ko‘rsatadigan eng yaqqol birinchi qadam — bu mening iste’foga chiqishimdir», — deydi u. Shu bilan biga, hukumat rahbari siyosatda qolish va partiyaning yangi rahbarini qo‘llab-quvvatlash niyatida emas.

Reuters agentligini qayd etishicha, jamoatchilik tomonidan bosh vazirni qo‘llab-quvvatlash anchadan buyon susaygan, bu Liberal-demokratik partiya ichidagi qator siyosiy mojarolar bilan bog‘liq. Xususan, Kisidaning LDP partiyasi tovlamachilik va firibgarlik moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan «Birlashuv cherkovi» xristian cherkovi bilan aloqalarga ega ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, saylov kampaniyasida partiya cherkovdan va bir qancha noma’lum manbalardan mablag‘lar olgan. Bu esa aholi orasida savollarni keltirib chiqargan. Shuningdek, mamlakatda kuzatilayotgan inflatsiya sabab jamoatchilik noroziligi kuchaygan.

67 yoshli Kisida LDP raisi etib 2021 yilda saylangan edi, uning uch yillik vakolatlari sentabr oyida tugaydi. Saylovlarga qayta nomzodini qo‘ymaslik partiya ovoz berishida g‘alaba qozongan yangi yetakchi bosh vazir lavozimi egallashini anglatadi — chunki LDP parlamentda ikkala partiyani ham nazorat qiladi. Ushbu partiya 1955 yildan beri hokimiyatni uzluksiz boshqarib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: