Kishinyov Ukraina uchun mo‘ljallangan F-16’ni joylashtirishi haqidagi xabarni rad etdi

Jahon 13:17 / 14.08.2024 2684

Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning tegishli tuzilmalarini Moldova haqida rasmiy manbalardan ma’lumot olishga chaqirdi

«Moldova Respublikasining Moskvadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga muhokamalar «Moldova Respublikasi Ukraina uchun F-16 samolyotini qabul qilishi to‘g‘risida» matbuotdagi ma’lumotlariga taalluqli bo‘lishi aytildi», — deyiladi Moldova Tashqi ishlar vazirligining Telegramdagi xabarida.

TIVning ta’kidlashicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, afsuski, «internet muhitidagi feyk yangiliklardan ma’lumot olyapti». 

«Moldova Respublikasi Ukraina uchun mo‘ljallangan qurol va harbiy texnika, jumladan, samolyotlarni qabul qilmaydi. Moldova Respublikasi neytral davlat bo‘lib, uning institutlari betaraflik tamoyiliga amal qilishda davom etadi», — deya ma’lum qildi idora.

Shu nuqtayi nazardan, Tashqi ishlar vazirligi «Moldova Respublikasi hududida hukumatning roziligisiz qo‘shin va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlaydigan yagona davlat Rossiya Federatsiyasi ekanligini» eslatdi.

Ko‘proq yangiliklar: