BMT husiychilar qo‘lga olgan xodimlarini ozod etishni talab qilmoqda

Jahon 08:14 / 14.08.2024 1789

Yaman husiychilari BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarligining poytaxt Sanodagi idorasiga bostirib kirib, BMT 13 nafar xodimi va 50 dan ortiq gumanitar tashkilotlar vakillari hamda elchixona xodimini qo‘lga oldi. Tashkilot 13 avgust, seshanba kuni Jyenevadan xabar berishicha, ularning ba’zilari uylaridan kuch bilan olib ketilgan.

Ushbu hodisalar 6 va 7 iyun kunlari sodir bo‘lgan, ammo vaziyat tez hal etilishi umidida jamoatchilikka oshkor etilmagan. 3 avgust kuni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Ansor Alloh» husiychilar harakati tashkilotning Sanodagi ofisiga «delegatsiya» yubordi. Bayonotda aytilishicha, jangchilar xodimlarni kalit va hujjatlarni berishga majburlagan, ayni paytda ular binolarni hamon nazorat qilyapti.

Husiychilar qo‘lga olinganlarni «darhol va so‘zsiz qo‘yib yuborishi» kerak

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk qo‘lga olingan, tashqi dunyo bilan hech qanday aloqasi yo‘q holda saqlanayotgan odamlarni «zudlik bilan va sharsiz ozod qilish» hamda musodara qilingan mulklarni qaytarishga chaqirdi. «Birlashgan Millatlar Tashkilotining idorasiga ruxsatsiz kirish, hujjatlar va mulkni majburan tortib olish BMT imtiyoz va immunitetlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi», - dedi u. 

Turk, shuningdek, voqealarni «BMTning o‘z mandatini bajarish, jumladan, inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilish qobiliyatiga jiddiy hujum» deb atadi. 

Husiychilar 2021 va 2023 yillarda ham BMT xodimlarini qo‘lga olgan 

Husiychilarning «Ansor Alloh» harakati Yaman poytaxti va mamlakat shimoli katta qismini nazorat qiladi. Ular 2021 yil noyabr va 2023 yil avgust oylarida BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining ikki xodimini qo‘lga olishgan. Ulardan biri razvedka xizmatlari uchun ishlaganini tan olishga majburlangan, dedi Turk bu voqealarni qoralab. 

Yamanda hukumat va husiychi isyonchilar hamda ularning ittifoqchilari o‘rtasidagi harbiy mojaro 2014 yil oxiridan beri davom etmoqda. Yaman hukumati tomonida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi.

Ko‘proq yangiliklar: