Belgorod viloyatida mintaqaviy darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etildi

Jahon 12:17 / 14.08.2024 2888

Belgorod viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatida davom etayotgan hujumi fonida 14 avgust, chorshanba kunidan boshlab mintaqaviy darajadagi favqulodda holat (FH) rejimi amal qila boshladi. Bu haqda ertalab viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgorod viloyatida vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda: «Ukraina Qurolli kuchlari har kuni o‘qqa tutmoqda, uylar vayron bo‘lmoqda, yaradorlar bor, tinch aholi hayotdan ko‘z yummoqda». Gladkovning ta’kidlashicha, rasmiylar hukumat komissiyasiga federal darajada favqulodda holat e’lon qilish talabi bilan murojaat etmoqchi. 

Belgorod viloyatida bolalar evakuatsiyasi

Gubernator, shuningdek, mintaqada bolalarni «xavfsiz bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga» evakuatsiya qilish davom etayotganini aytdi. U yerda hozir Belgorod viloyatidan besh ming bola bor, dedi Gladkov. 

«Kommersant» gazetasi eslatishicha, «agar sub’yekt hududida 50-500 kishi halok bo‘lsa yoki sog‘lig‘iga zarar yetsa hamda 12 milliondan 1,2 milliard rublgacha zarar ko‘rilsa, mintaqaviy darajadagi favqulodda holat joriy etiladi». Agar qurbonlar soni 500 kishidan ortiq bo‘lsa yoki zarar miqdori 500 million rubldan oshsa, federal favqulodda holat e’lon qilinadi. 

Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi 

6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ertasi kuni, 7 avgustda Sudja va Korenev tumanlarida davom etayotgan janglar fonida viloyatda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Kursk va Belgorod viloyatlarining ayrim hududlarida evakuatsiya e’lon qilindi. Rasmiy 200 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilmoqchi, deyiladi mintaqalar gubernatorlari bayonotida. 

Ko‘proq yangiliklar: