Tahoe, 200 ming dollar va ikki qavatli kottej - Olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

Sport 00:42 / 13.08.2024 14870

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Sportchilarni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vazirligi rahbariyati, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar kutib oldi.

Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida Olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Shuningdek, chempionlarga prezident sovg‘asi sifatida uy ham berildi.

Oltin medal sohiblariga:

  • 200 ming AQSh dollari;
  • Tahoe avtomobili;
  • 2 qavatli kottej.

Kumush medal sohiblariga:

  • 100 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
  • Kvartira.

Bronza medali sohiblariga:

  • 50 ming AQSh dollari
  • BYD Song Plus DM-I Champion avtomobili;
  • Kvartira.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Parijdagi Olimpiada o‘yinlarni tarixiy natija bilan, 206 mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. O‘zbekiston hisobidagi 13 ta medaldan iborat jamg‘arma tarkibi – 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat bo‘ldi.

Oltin medal:

  • Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg);
  • Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg);
  • Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg);
  • Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg);
  • Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg);
  • Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg);
  • Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg);
  • Bahodir Jalolov (boks, +92 kg).

Kumush medal:

  • Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg);
  • Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg).

Bronza medal:

  • Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg);
  • Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg);
  • G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg).
Ko‘proq yangiliklar: