Nigeriya janubi-sharqidagi Taraba shtatida yo‘lovchi avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, noma’lum qurolli shaxslar Takum-Vukari mintaqasida yo‘lovchi avtobusiga qarata o‘q uzgan.
So‘nggi paytlarda Nigeriyaning turli hududlariga qurolli to‘dalar, shuningdek, «Boko Haram» va ISWAP (IShID terrorchilik tashkilotining G‘arbiy Afrikadagi tarmog‘i) terror tashkilotlari tez-tez hujum qilib kelmoqda.