Kolumbiyada 10 avgust kuni harbiylashgan guruh tomonidan majburan ushlab turilgan yana 66 nafar askarni ozod qilindi.
Kolumbiya OAV yozishicha, San-Xose-del-Guavyare shahri yaqinidagi qishloq hududida operatsiya o‘tkazayotgan harbiy xizmatchilarning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq vaziyatga nodavlat tashkilotlar (NNT) va ombudsman idorasi vakillari aralashgan.
Armiya operatsiya uchun signal berganidan so‘ng, guruh a’zolari qo‘llarida bo‘lgan yana 66 nafar askarni nodavlat notijorat tashkilotlari va ombudsman idorasi vakillariga topshirdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, harbiylarning majburan ushlab turilishi ortida Kolumbiyaning sobiq Inqilobiy qurolli kuchlari (FARC) a’zolari turibdi.
Kolumbiya armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami guruh a’zolari 106 nafar askarni qo‘lga olgan, ulardan 40 nafari 11 avgust kuni qo‘yib yuborilgan.
Ayni paytda, armiya 11 avgust kuni bergan bayonotida harbiylar tovlamachilik bilan bog‘liq hodisalar tufayli mintaqada operatsiya o‘tkazayotgani, biroq qurollangan qishloq aholisi tomonidan qurshab olingani bildirildi.