FT: Rossiya floti Yevropaga yadro zarbalari berishga tayyorlangan

Jahon 15:23 / 13.08.2024 18369

Rossiya harbiy-dengiz flotini NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroda yadroviy kallaklarni olib yurishga qodir raketalar bilan Yevropadagi nishonlarga hujum qilishga tayyorlagan. Bu haqda Financial Times gazetasi 13 avgust, seshanba kuni G‘arb manbalari jurnalistlarga ko‘rsatgan maxfiy materiallarga tayanib yozdi. 

«2008 yildan 2014 yilgacha tuzilgan fayllarda oddiy jangovar kallaklarni ham, taktik yadro qurollarini ham olib yurishi mumkin bo‘lgan raketalar nishonlari ro‘yxati mavjud. Rossiya zobitlari yadro zarbalarini dastlabki bosqichda qo‘llashning afzalliklarini ta’kidlagan», deb yozadi FT. 

Potensial maqsadlarga ega xaritalar ofitserlar uchun taqdim etilgan bo‘lib, u Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli hujumi boshlanishidan oldin tayyorlangan, deyiladi nashrda.

FT maqolasida ta’kidlanganidek, bu xaritalar «operativ foydalanish uchun emas, balki taqdimot maqsadida» tuzilgan. Ularda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari uchun 32 ta nishon tanlab olingan - NATOning Yevropadagi obektlari.

Yevropadagi qaysi obektlar Rossiya zarbalari nishoniga aylanishi mumkin? 

Jurnalistlar bu borada quyidagi tafsilotlarni taqdim etdi: «Rossiya Boltiq flotining nishonlari asosan Norvegiya va Germaniyada, shu jumladan Bergendagi harbiy-dengiz bazasi, shuningdek radar obektlari va maxsus kuchlar obektlari»; «Rossiya Shimoliy floti Angliya shimoli-g‘arbiy qismidagi Barrou-in-Furnessdagi suvosti kemalar zavodi kabi mudofaa sanoati obektlariga hujum qilishi kutilgan. Maqsad Xall yaqinidagi (Yorkshir Sharqiy rayding grafligidagi Kingston-apon-Xall shahri) sanoat obekti bo‘lishi mumkin - u mo‘ri trubasi bilan belgilangan». 

Boshqa narsalar qatorida, taqdimot Qora va Kaspiy dengizlari hamda Tinch okeanida tegishli strategiyani qanday qo‘llash mumkinligini aks ettiradi, deyiladi maqolada. «Bu ssenariylar Xitoy, Eron, Ozarboyjon va Shimoliy Koreya kabi hozirgi ittifoqchilar bilan urushlarni o‘z ichiga oladi».

Taqdimotda, shuningdek, Rossiya yadroviy qurolni suvusti kemalarida joylashtirish imkoniyatini saqlab qolgani aytiladi. Ekspertlar fikricha, bu vaziyat keskinlashishi yoki avariyalar xavfi oshishi bilan bog‘liq. Jurnalistlar ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasining bunday imkoniyatlari AQSh va SSSR o‘rtasidagi 1991 yildagi tegishli kelishuvni buzishdir. 

Ko‘proq yangiliklar: