2023 yilda Yevropada 48 mingga yaqin kishi jazirama issiqdan vafot etdi

Jahon 09:54 / 13.08.2024 2397

Barselonadagi ISGlobal instituti tomonidan 12 avgust, dushanba kuni Nature Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023 yilda Yevropada 47 690 kishi jazirama issiqdan vafot etgan. Shunday qilib, o‘tgan yil oxirgi o‘n yillikda issiqdan o‘lim bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Faqat 2022 yilda bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘ldi – 60 mingdan ortiq kishi.

Gretsiyada bir million aholiga issiqlik tufayli 393 ta o‘lim holati to‘g‘ri keladi, undan keyin Bolgariya - 229 o‘lim, Italiya - 209 o‘lim va Ispaniya bormoqda - 175 o‘lim. Tadqiqotchilar 2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lib, janubiy Yevropada o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lganini aniqladi. Taqqoslash uchun, Germaniyada bunday o‘limlar soni har million aholiga 76 tani tashkil qiladi. 

«Bizning natijalar jamiyatlar bu asrda yuqori haroratga qanday moslashganini ko‘rsatadi, so‘nggi yoz fasllarida issiqlik bilan bog‘liq zaiflik va o‘lim sezilarli darajada ko‘paydi, ayniqsa keksa odamlar orasida», dedi tadqiqot rahbari Eliza Gallo. 

Olimlar moslashish choralarini qayd etdi

Hujjatda aytilishicha, tadqiqotda Yevropaning 35 mamlakatidagi harorat va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Ushbu qayd etilgan o‘limlarning yarmidan ko‘pi 2023 yil iyul o‘rtalaridan avgustgacha bo‘lgan issiqlik to‘lqinlari paytida sodir bo‘lgan. Masalan, o‘sha yilning 18 iyulida Sitsiliyada 44 daraja issiq qayd etilgan va o‘sha paytda Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari avj olib, bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlashni yaxshilash, erta ogohlantirish tizimlari, aloqani yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi o‘zgarishlar kabi moslashuv choralarisiz bunday o‘limlar soni 80 foizga ko‘p bo‘ladi. ISGlobal, shuningdek, texnogen global isish tufayli issiqlik bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘payishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: