Polsha va AQSh Patriot uchun 48 ta uchirgichni ishlab chiqaradi

Jahon 23:32 / 12.08.2024 3310

Polsha Amerikaning Raytheon korporatsiyasi bilan Patriot zenit-raketa majmualari uchun 48 ta uchirgichni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

«Ushbu bitim xavfsizligimizni ta’minlaydi», — deydi Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish. Polsha tomonidan Huta Stalowa Wola mudofaa ishlar chiqaruvchisi sherikka aylangan.

Polsha havo hujumidan mudofaasini mustahkamlashga qaratilgan shartnoma qiymati 1,13 milliard yevroni tashkil etadi. AQShda yaratilgan M903 uchirgichlarni Polshadagi Huta Stalowa Wola zavodida ishlab chqiarish va 2027-2029 yillar davomida Polsha armiyasiga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Amerika qurollanishini yetkazib berish bo‘yicha yirik shartnomalar

Polsha OAVga ko‘ra, Varshava va Vashington yaqin kunlarda qiymati 9 milliard dollardan oshadigan 96 ta Apache jangovar vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha bitim imzolaydi. Ular mamlakat vertolyot parkida sovet davridan beri foydalanib kelinayotgan texnikalarni yangilashga xizmat qiladi.

9 avgust kuni Polsha Qurollanish bo‘yicha agentligi 855 million dollarga «havo-havo» sinfiga kiruvchi ber necha yuz AIM-120C AMRAAM raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma’lum qilgandi. Yetkazib berish ishlari 2029-2033 yillar oralig‘ida amalga oshiriladi.

May oxirlarida Polsha F-16 qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan 735 million dollarlik «havo-yer» sinfidagi AGM-158 JASSM qanotli raketalarini xarid qilgandi. 2023 yil iyun oyi oxirida AQSh Davlat departamenti Polshaga 15 milliard dollarlik havo hamda raketa hujumlariga qarshi qo‘mondonlik va boshqaruvining integratsiyalashgan tizimini sotishni ma’qullagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: