Isroil Eron va «Hizbulloh» hujumi sabab qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi

Jahon 23:30 / 12.08.2024 6012

Isroil Eron va Livanning «Hizbulloh» harakati tomonidan hujumlar uyushtirilishi xavfi sabab o‘z qo‘shinlarini yuqori shaylik holatiga keltirdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eron va «Hizbulloh» hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, ammo shu bilan birga, Isroil hukumati zarbalar rostdan ham berilish yoki berilmasligini bilmaydi.

Pentagon mintaqaga boshqariluvchan raketalar bilan jihozlangan suv osti kemasini yuborganini va ikkinchi aviatashuvchining ham yetkazilishini tezlashtirayotganini ma’lum qildi.

Isroil hukumatining sobiq rasmiy vakili Eylon Levining ta’kidlashicha, Isroil «Eron yaqin orada uyushtiradigan raketalar hujumi» sabab yuqori jangovar shay holatga keltirilgan. Amerikaning Fox telekanaliga ko‘ra, Eron yaqin 24 soat ichida Isroilga zarba berishi mumkin.

AQSh prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qilish maqsadida Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. «Biz butun boshli hujumlar seriyasi sodir bo‘lishiga tayyor turishimiz kerak», — deydi Oq uy vakili.

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya 12 avgust kuni Eronni Isroilga hujum qilishdan tiyilib turishga chaqirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: