Google rossiyalik foydalanuvchilarni uzil-kesil monetizatsiyadan mahrum etdi

Jahon 18:56 / 12.08.2024 2157

“Biz barcha joylashgan mamlakati sifatida Rossiya ko‘rsatilgan AdSense akkauntlarini o‘chiramiz. Bunday akkauntlar orqali monetizatsiyadan daromad olish to‘xtatilganini bildiradi. Agar akkauntda to‘lovlarni qabul qilish o‘chirilmagan bo‘lsa va to‘lov marrasiga yetib kelinmagan bo‘lsa, iyul oyi uchun to‘lovlar 21-26 avgust oralig‘ida to‘lab beriladi”, — deyiladi Google Paymens jamoasi xabarida.

Shunday qilib, YouTubeʼda ishlovchi saytlar egalari va blogerlar Google AdSenseʼga ulanishdan va reklama tarmog‘i taqdim etayotgan xizmatlardan to‘liq mosuvo bo‘ladi.

2022 yil martida Google Rossiya hududida reklama ko‘rsatilishini o‘chirib qo‘ygan edi. Reklama xabarlari qidiruv tizimida ham, YouTube va sherik tarmoqlarda ham ko‘rinmasdi. Biroq noshirlar va YouTube blogerlar xorijdan turib qilingan tomosha uchun daromad olaverishar edi.

Rossiyada YouTube bloklana boshlagach, hamma VPNʼga ulanib tomosha qila boshladi va reklamalar qayta paydo bo‘lib, monetizatsiyadan daromadlar osha boshlagan edi.

YouTube bunga darhol javob bergan. Bu holda reklama beruvchilarning budjeti havoga sovuriladi. Chunki xorijiy reklamalarning Rossiyada ko‘rsatilishidan ma’ni yo‘q, boz ustiga ularning Rossiyada ko‘rsatilishi ham g‘alati.

Shuning uchun AdSense akkauntlari shunchaki bloklab qo‘yildi.

Rossiyalik yirik blogerlar uchun buning ta’siri deyarli yo‘q. Rossiyalik reklama beruvchilar reklama uchun Rossiyada pul to‘lashadi va undan soliqlar Rossiyada qolaveradi. Bundan YouTube bir sent ham olmaydi.

Biroq AdSenseʼdagi daromadlardan kun ko‘radigan kichik kanallar endi kontent tayyorlashni umuman yig‘ishtirib qo‘yishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: