O‘zbekistondagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi WEBER kompaniyasi yangi mahsulot – sovuq asfalt ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistonda ilk bor ishlab chiqarilayotgan bu mahsulot dunyo mamlakatlari tajribasida arzon, oson va samarali ekanligi bilan allaqachon foydalanib kelinadi.
Sovuq asfalt (cold asphalt) bu ko‘p tarmoqlarda, xususan yo‘llarni ta’mirlashda qo‘llanadigan maxsus asfalt qoplamasidir. Bu mahsulot Yevropa davlatlarida ko‘p yillardan buyon yo‘llarni tez va samarali ta’mirlashda eng yaxshi yechimlardan biri sifatida foydalaniladi.
Sovuq asfalt suvsiz asosga ega bo‘lib, uning tayyorlanishida hech qanday qo‘shimcha isitish yoki maxsus sharoit talab etilmaydi. Uni istalgan harorat sharoitida, shu jumladan, sovuq havoda ham qo‘llash mumkin. Bu esa uni yilning har qanday vaqtida yo‘llarni ta’mirlash uchun mos qiladi. Sovuq asfaltning tez qotish xususiyati uni qisqa muddatda qo‘llash va uning tez foydalanishga tayyor bo‘lishini ta’minlaydi. Mahsulotdan foydalanish jarayonida juda qulay va oson, maxsus texnika yoki katta hajmli uskunalar talab etilmaydi. Yo‘llardagi chuqurlarni yamash uchun sovuq asfaltdan foydalanish arzon va oson hisoblanadi.
Uni qo‘llash arzon va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, qimmatbaho uskunalar yoki maxsus sharoitlar talab qilinmaydi, barqaror va mustahkam tarkibi tufayli yo‘llarning uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradi.
Yo‘llardagi chuqurlar va shikastlanishlarni tez va samarali ta’mirlash uchun sovuq asfalt keng qo‘llanadi. Bundan tashqari piyodalar yo‘laklari, avtoturargohlar, qishloq yo‘llari, sirtqi yo‘llarda ham ikkilanmasdan foydalanish mumkin.
AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya bugungi kunda mustahkam, iqtisodiy jihatdan foydali, ko‘p vaqt talab qilmaydigan, qo‘llash oson, tez qotadigan sovuq asfaltdan keng foydalanishadi.
Yaponiyada sovuq asfalt tunnellarni ta’mirlash uchun ham qo‘llanadi. Mamlakatdagi seysmik faol hududlarda yo‘llarni tez ta’mirlash uchun sovuq asfalt ishlatiladi, chunki u tez qotadi va mustahkamlikni ta’minlaydi.
WEBER kompaniyasi qurilish bo‘yoqlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Asosiy mahsulotlari akril emulsiyasi, alkid bo‘yoqlar va fasad bo‘yoqlaridan iborat. Shirkat shuningdek, qurilish materiallari va bo‘yoqlarni eksport qiladi. Endilikda kompaniya o‘z mahsulotlari qatorini sovuq asfalt bilan kengaytirdi.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 090 33 33
Sayt: WEBER.UZ
Instagram: www.instagram.com/weber.uz
Reklama huquqi asosida